Ko'zi ojiz bolalarni qo'llab-quvvatlash uchun maxsus xayriya loyihasi. "Butunjahon yoshlar festivali" doirasida 27-30 iyun kunlari o‘tkaziladi
Toshkent fotosuratlar uyida
Muammo
Ko'zi ojiz bolalar o'zlarining har tomonlama rivojlanishi va jamiyatga integratsiyalashuvi imkoniyatlarini keskin cheklaydigan ijtimoiy va psixologik muammolarga duch kelishadi.
"Orzu" loyihasi
Bu san'at va texnologiya yoqasidagi loyiha bo'lib, u ko'zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarning taassurotlari asosida suniy intellekt yordamida yaratilgan ijodiy ishlar va chizmalar orqali dunyo haqidagi tasavvurlarini ifodalash imkoniyatini beradi.
Ko'rish qobiliyati zaif bo'lgan ko'plab bolalar uchun ijod orqali o'zlarining ichki dunyosini baham ko'rish imkoniyati, o'zining qobilyatlarini rivojlantirish va ijtimoiy aloqalarni o'rnatishning muhim usuli hisoblanadi. Bu loyiha ularga shunday imkoniyat yaratib beradi.
Ko‘zi ojiz bolalar ishtirokidagi ijodiy loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi ularda o‘ziga ishonch bag‘ishlaydi va iste’dodini yanada rivojlantirishga turtki bo‘ladi.
Loyiha jamiyatda inklyuzivlik va tenglik muhimligini ta'kidlab, ko'rish qobiliyati zaif bolalarning amalga oshirilishi mumkin bo'lgan iste'dod va qobiliyatlarini yorqin tasvirlab beradi.
Orzu
Ko'rgazma
Ko’zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarning taassurotlari asosida suniy intellekt yordamida yaratilgan ijodiy ishlar to'plami
Sahna orti
🖌 Har bir bo’yoq zarrachalari ortida bolalar orzusi turadi. Sizni «Orzu» loyihasi rassomlari bolalar hikoyalari asosidagi yorqin va ilhom baxsh etuvchi suratlarga aylantirilgan ajoyib jarayonga guvoh bo’lishga taklif qilamiz.

👨‍🎨 Ushbu videoda rassomlarimiz nafaqat o’zlarining mahoratlari, balki qalblarining bir bo’lagini ham sizga ilinishadi, har bir rang va chiziqlar alohida ma’no qo’shib, yosh orzumandlarimizning his-tuyg’ulari va tasavvurlarini to’g’ri yetkazishlariga umid qilamiz.

🎥 Rasmdagi oddiy bo’yoqlardan qanday qilib har birimiz ko’rishimiz mumkin bo’lgan san’at asari — orzular olamiga o’tish yo’li yaralayotganiga bir nazar soling.
Auksion
1
Qachon bo'ladi?
Xayriya auksioni 29-iyun kuni "Butunjahon yoshlar festivali doirasida" Toshkent
fotosuratlar uyida bo‘lib o‘tadi
2
Auksionda qatnashmoqchiman
Tadbirda siz chizilgan rasmlarni sotish bo'yicha kim oshdi savdosida ishtirok etishingiz mumkin
3
Mablag'lar nima uchun kerak?
Barcha auksiondan tushgan mablag'lar fond bolalarining ko'rish qobiliyatini tiklashga yordam berish uchun sarflanadi.
“Orzu” loyihasi – shunchaki ijtimoiy tashabbus emas, u orzular va o‘zini namoyon qilish loyihasidir. Biz har bir bola, jismoniy imkoniyatlaridan qat'iy nazar, o'z orzularini ifoda eta olashi ham bu dunyoda eshitilishiga intilamiz. Bizga qo'shiling va dunyoni barcha bolalar uchun yanada inklyuziv va mehribon joyga aylantirishga yordam bering.
Hamkorlar
Biz har qadamda bizni qo'llab-quvvatlaydigan hamkorlarimiz va homiylarimizga minnatdorchilik bildiramiz. Ularning hissasi bebaho va bizning missiyamizni davom ettirishga imkon beradi. Hamkorlarimiz orasida bizning missiyamizga ishonadigan va bolalarning orzularini amalga oshirishga yordam beradigan yetakchi media-resurslar, kompaniyalar va xayriya tashkilotlari bor.
Hayriya to'lov uslublari
Hayriya to'lov uslublari